***
nima xohlasam
shuni qilaman! –
deb qaror qildim o’zimga,
keyin
senga salom berdim.

2024

***
do’stlarimni izlamay qo’ydim
ularning qanday ekanini
bilaman –
men o’zimni
bilmaymanmi?

2024

***
vaqt o’tib
yoki sen afsuslanasan
yoki men…
ammo, bir-birimizga
aytmaymiz bu haqda.

2024

***
men yo’qolib qolsam
meni topa olmaysanmi?
deding.
nega bunday deganingni
keyin tushundim.

2024